Стихи на узбекском языке про родину

10 November 2018

Views: 229

—тихи на узбекском €зыке!

Download: http://opmerfestcent.hotelsvr.ru/?dl&keyword=%d1%81%d1%82%d0%b8%d1%85%d0%b8+%d0%bd%d0%b0+%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d1%81%d0%ba%d0%be%d0%bc+%d1%8f%d0%b7%d1%8b%d0%ba%d0%b5+%d0%bf%d1%80%d0%be+%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d1%83&source=pastelink.net

Течёт словно мёд вода, Источник жизни она! Sеvgi - chayon tomizgan zahar, Sеvgi - asalarining boli. Ko'zingga ter quyilsin, Nafasing - issiq bug'day. Флаг развивается твой пусть всегда!

Как хорошего друга, За то.. Yashayapman taqdir dеb, Qilib har dam murosa. Живу я лишь для тебя!

—тихи на узбекском €зыке! - Укутали город, веселым букетом. Тебя пронзает, как гюрза.

Nodir Jonuzoq - 1976 yilda Samarqand viloyatining BulungТur tumanida tug'ilgan. ЂTomchilarї, ЂSizni sevar edim... Yosh ijodkorlarning an'anaviy Zomin seminari gТolibi 1997. Hozirda O'zbekiston televideniyesida xizmat qiladi. Meni bandi aylagan kema Hali-veri to'xtash bilmaydi. Kamalakka aylanar yo'lim, Goho g'amnok, gohida sho'xman. Qaytishimni o'ylash kulgili - Men miltiqdan otilgan o'qman. Xudo bilar - qildingmi tusmol... Qo'rqma, mening sinmas kuragim, Qo'rqma, mening o'ylarim halol. Garchi qadah tuta boshladim, Garchi qizlar tilin bilaman. Meni mayxo'r deyolmas hech kim, Oshiqlari berib qo'ygan tan. Ketmon emas, qalamim ila Kiprigimga ilaman Yerni. Kechir meni, otajon, illo, Portlab-portlab yashagim keldi. Ketganim yo'q qishloqdan to'yib, Ildizimni yaxshi bilaman. Men Zaminni kaftimga qo'yib, Bitta ulkan qishloq qilaman. O'z ruhimni tanidim shul dam, Oq fotiha berdi pirlarim. Fotih bo'lib otlandim, ildam - Qilich tutdi yovqur she'rlarim. Meni o'ylab g'am yema, Guldurakman - ko'ngling bo'lsin to'q. Ota bo'lsang bilasan, dema - Ota bo'lib ko'rganimcha yo'q... Turna bo'lib uchar qoshingiz, Qabog'ingiz shimadi shafaq. Shab sharobin ichar sochingiz, Kiprigingiz - hilol, muhaqqaq. Barmog'ingiz atirgulday xush, Ko'ylagingiz yoqasi burma. Ko'ksingizda g'unchalar behush, Poyingizga qadalgan durmi?! Nur elagan oyday yuzingiz Bilamanki, faqat men uchun. Demak, chindir aytgan so'zingiz, Demak, meni sevishingiz chin. Tun torayib boradi asta, Xayolotga bazo'r sig'asiz. Meni o'ylab uxlayolmasdan, Yostiq tilin tishlab chiqasiz. Tuyg'ularim aldamas sira, Hech bir qizni sizday suymadim. Tarqab ketar olis xotira - O'zgaradi yurak qiymati. Xum ichida qolgan g'o'raman, Ko'hna mayday ko'pirar qonim. Faqat sizni yaxshi ko'raman, Faqat sizni o'paman, jonim! O'zingizga loyiq yo'l ochib, Joyingizga qushday yetasiz. O'tirasiz axir, bu dars-da Va'zlar sig'mas dilxonangizga. Pichir-pichir qilasiz, asta Sirg'alib yon dugonangizga. His qilaman: g'iybatingiz - men, Po'rtanadek qo'pgim keladi. Atirgulning shoxchalaridan Yasaganman o'zimga tobut. Jar soladi mushfiqim - sabo, Chorlayverar do'stu g'animni. Mehmon bo'lgan Azroil bobo Shabnam bilan yuvar tanimni. Hayotimni muqaddas bilib, Urfu-rusum qilurlar ul-bul. She'rlarimni tilovat qilib, Janozamni o'qiydi bulbul. Yaproqchalar soladi uvvos, O'ksimasin maysalar nega?! Ko'milaman eng toza, eng soz, Eng chiroyli gulning tagiga. Ko'm-ko'k rangga kiradi jonib, Chayqaladi zil-zambil hislar. Yuragimni alvonday yopib, Tobutimni ko'tarar qizlar! Kulsa, ustimdan kuldi iqbol, Nurab tushdi ko'ksim o'chog'i. Muzlayapman - boqmas hech kimsa, Quvrab borar tobora ilkim. Nahot to'ngich ustuning sinsa, Kuzatasan, onajonim, jim?! Mayxo'r do'stim osadi qiymat: ЂDunyo ishqqa tupurib qo'yganї. Ishqim - yerni qoplagan gilam. Ketgim kelar havosiz yerga, Ketgim kelar yantog'lar bilan. Endi meni kim ham suyadi, Endi menga kim bo'lar qalqon? Gardun - keli, jonim tuyadi, Gardun meni qiladi talqon. Qochay desam - Zamin menday shol, Quyosh boshim erga egmoqda. Onajonim, quchog'ingga ol - Men suygan qiz... Manglayiga singib ketgan tuz Kechalari milt-milt eriydi. U ham yaxshi ko'rar erini. Bir-biridan yashirar tushin, Yashaydilar bir-birin asrab. Tushunadi hatto govmushi, Berar ekkan oqqina hasrat. Birodarlar, Haq hukmi yetib, Qabog'lari yopilar kuni - Mozoriga beshikda eltib, Alla aytib ko'minglar uni!.. Olifta shahar - yaltiroq yo'llaru sun'iy guzarlar ilonu chayonday chirmashib chaqar... Dod solib qolsa-da dardsiz go'zallar - baribir qaytaman, qaytmasam bo'lmas; qaytaman eng toza she'rlarim bilan. Qishloq peshvoz chiqar, chiqar basma-bas - men suygan qizlar ham... Yolg'on so'zlab nima qilaman, Men ham sizni unutdim biroz. O'z zabtiga olyapti turmush, Goh g'am kelar, gohida sevinch. Xotiralar go'yo eski tush Yo'qotmoqda o'z kuchini... Tinch - O'tayapti yuvosh kunlarim, Kengaymoqda mayin qorachug'. To'zg'ib ketdi o'lik kullarim, So'nmayapti faqat bitta cho'g'. Tomirimda yugurar betin, Goho to'xtar... O't olgisi keladi, lekin Topolmaydi puflaydigan kuch. Nafasini qizgТonar dudoq, Hushtak chalar go'yoki beg'am: ЂAzoblardan qutildim, Xudo, Endi qaytib tashlama, Egamї. Manglayida borini ko'rar Har kas - axir erkning nafi kam. Tan olayin: sizdan ham ko'ra Mehribonroq chiqdi rafiqam. Hatto sizdan qattiq sevdi u, Tuyg'ulari - tiniq va quyuq. Bu hududsiz olamda mangu - Unga mendan boshqa dunyo yo'q. To'liqaman, baxtliman to'kis, Baxt shu bo'lsa - dilni dil o'par... Eng xush ko'rgan soni - o'n to'qqiz, Eng yoqtirgan guli - nilufar. O'zni o'nglab oldim, bas... Bersam, kuyuk yuragimnimas, Hayotimni beraman unga. Sizga og'ir bu so'zlar, Nega aytdim?! Balki menmas, aslida bo'zlar - Tomirimda omon qolgan cho'g'. Axir, siz meni Unutgansiz - qilmang e'tiroz. Endi sizdan yashiray neni - Men ham sizni unutdim biroz. Yuragimga qaytib keldi shasht. Bu dunyoda ming urilsang-da, Kerak ekan baribir yashash! Mana, siz ham yashayapsiz-ku, Baxtiyorsiz mendan yuz karra. Ranjitmaydi sizni hech ham U, Menga o'xshab qilmaydi zarda. Men o'shami - sizni deb yongan!? Gurillashda quyoshdan o'zib, Kuygan - o'zin urib to'rt yonga... Ketaman o'z yo'limga tomon, Siz ham bunda qolmaysiz to'xtab. Endi nafi kam, Xotiralar - ojiz yeringiz. Unutmaydi faqat rafiqam, Unutmaydi faqat eringiz... Eron qizi - Shahina nadir, Gulgunroqsiz undan, Shahnoza. Ko'zingizda mavj uradi Baxt, Siz yengilsiz, lekin cho'kasiz. Sal jilmaysam - kulasiz qah-qah, Sal injilsam - ko'zyosh to'kasiz. ЂUyaltirmang odamni hadebї - Qizardi u... Mening suratim Sizga neni qilar hikoya? Bilmaydi-ku ichkin g'aybimni - Surat siyrat emas-da, shoyad Ko'pirtirmagandir aybimni... Men haqimda mayda gaplar ko'p: Qancha nozik qo'lchani o'pgan... Hammasi ko'pik, Ko'nglim ayon emas-ku ko'pga. Bilasiz-ku kasbu korimni, Sevgi deya ne ko'yga tushdim. Garchi bukun hammasi tushdir... Siz ertakdan chiqib keldingiz, Etagingiz o'par hurlar ham. Qoshingizda - ikkita dengiz, Har tomchisi jonimga malham. Yosh to'kasiz - injilsam agar, Sal jilmaysam - qah-qah kulasiz. Ey, ruhimni kuydirgan axgar, Qachon menga hamdam bo'lasiz? Chayqalaman tig'day rasanda, Tanhoman-ku, keling - toqsiz Siz. Men Yesenin bo'lolmasam-da, Shahinadan suluvroqsiz siz! Qishloqda Boshlandi g'alla o'rim. Ukamlar ishlamoqda, Men bormayman, men - po'rim. Go'yo hamma ko'zimga Boqar ta'na qilgandek. Yumshoqqina o'rnimni Panaroqqa qo'yaman. Yozish mumkin endi she'r, Dehqonga she'r bitish shart: ЂUka, javlon uraver, Topilmaydi senday mard. Ko'zingga ter quyilsin, Nafasing - issiq bug'day. Xirmon-xirmon uyilsin - Vatanga kerak bug'doy. Xalq och qolmas sen bo'lsang, Soya topar o'tda ham. Tamom bo'lar sen so'lsang, Menday qancha muttaham. Demak, olov faslida Qo'ldan tushmasin o'roq. U o'roqmas aslida - Menga yo'nalgan so'roq -? Tunda Oyga yig'layman, Yuragim - yaydoq dala. Nafrat mo'l-u mehr oz, Qarashlar bir qolipda. Go'zal hislarim - tannoz, Fikrlarim - olifta. Suyanchiq yo'q, ustun yo'q - har odimda bitta jar. Bir joyda lol, Halinchakka osilib o'z-o'zicha ochar fol: Balki bugun yo erta yoki indin, ehtimol... Foli o'zgaga to'g'ri - o'ziga teskari qiz, Qo'shni uyda kul bo'lib yor-yor aytar qariqiz. Chehrasi dog'li deya havas qiladi Oyga, Sochining bir tolasi zarbidan sinar oyna. Tushin aytmaydi hatto tushunmaydi deb soyga, Ko'nglining girdobidan qo'rqar, tubsiz qa'ri, qiz, Xayolida baliqlar bilan suzgan qariqiz. Bormi unga dugona, bormi dardin so'rovchi? Bormi uning zoriga yetadigan zo'r ovchi? Bu eshikni har kimsa qoqar - ko'rinmas sovchi, Ostona hatlab endi chiqmas o'zi nari qiz, Soyasi - o'zi, soya bo'lib qolgan qariqiz. Halqa-halqa mung sochar qaroqlari havoga, ЂKimning qobirg'asiman? Ona - tinsiz: keksargan yuragin timsoh g'ajir, Ota - tilsiz: qarigan manglayi g'ij-g'ij ajin, Yo, Xudoyo, sen bu uch qulingga o'zing achin, Ketayapti kun sayin, oy sayin Sen sari... Ko'ksimga xanjar sanchdim-qonday chiqdi bu she'rim O'ttiz uch yil to'lg'ongan jonday chiqdi bu she'rim, Rosti, o'zim bilmayman, qanday chiqdi bu she'rim.. Ko'zyoshingday samoda omonat Yer shari, qiz, To'kma, yo'qsa, yo'qlikka yo'l olamiz, qariqiz!.. Bekor o'tdi yillarning ko'pi, Pushaymonman ortimga boqib. Ko'nglimdagi o'sha jaydari Tuyg'ularning qanchasi so'ndi. Cho'kayapman kun o'tgan sari - Bormikan bu qayg'uning so'ngi? Tongga yetmay yitar tushlarim, Umrim chala tushdan iborat. Birga o'sgan tengu to'shlarim To'ylar qildi, qurdi imorat. Men-chi, hamon yo'lim noayon, Hech narsani qilmadim qoyil. Ba'zan, bilmay qolaman, qayon - Olislarga bo'lar dil moyil. Yuragimga endi tinim yo'q, Ketish kerak bu yerlardan jim. Uyga qaytay desam - to'nim yo'q, Qayerdadir qop ketgan do'ppim... Darrov topardim uni Devorga bekingan choq. Qo'l ushlashib adirga Chopar edik hakkalab. Qaytardik keyin birga, Qo'ymas edim yakkalab. Ishonmasdan, ko'zimni Kafti bilan yopardi. Men uni Osongina topardim. Kapalakday beqaror, Ohuday edi qochoq. Keyin bilsam, aslida Bu dunyo - bekinmachoq. Bir kun ogoh qilmasdan Bir burchakka chekindi. O'zi bilib-bilmasdan Chimildiqqa bekindi. Ovoz berdim: ЂBo'ldi, chiq, Qanisan?.. Lekin negadir piq-piq Chiqmasdan yig'lar edi. Kiray desam yoniga, To'siq bo'ldi yangalar. Igna sanchib jonimga, Dil dardimni yangilar. Tashqaridan so'z qotdim: ЂHammasi o'yin edi, Ko'z yumdimu - yo'qotdim, Buyog'i to'ying endi... Uzoqdan ko'rib uni, Shu zahot bekinaman. Ergasholmas izimdan, Ortimdan chopolmaydi. Ko'rib turaru zimdan, Hech qachon topolmaydi... Bag'rim tutab qayg'u-alamdan, Yuragimni to'kayapman boz. Har bir so'zni, har bitta harfni Dil to'ridan olyapman uzib. Sog'intirib menday g'aribni, Qayerdasiz, Muhammad Yusuf? Kimdir dedi: o'lgan, u o'lgan... Hayron boqdim: jinnimi u yo... Odamlarga bir nima bo'lgan, Yo so'ngiga yetdimi dunyo? Axir, cheksiz samovot uzra Charchadi-da Ona Yer yuzib. Yoki Oyda axtarib misra - Yuribsizmi, Muhammad Yusuf? Yulduzlarni sarxush etibdi Ko'ksimga siz kadagan rayhon. Ammo kimdir yulib ketibdi, So'ng ezg'ilab, etibdi payhon. Nogoh izza bo'lgan boladay Yig'layapman dunyoni buzib. Cho'qqidagi yolg'iz loladay Olisdasiz, Muhammad Yusuf. Yetolmayman - tovonlarim qon... Osilsam-da tikan, xaslarga - Poyingizga yetganim hamon Yumalayman yana pastlarga. Intilaman tag'in ko'k sari, Burnim konab, laxta qon qusib. Unutilar ozorlar bari - Sizni ko'rsam, Muhammad Yusuf. Hansirab, O'rmalayman - eltar qay so'qmoq? Ketayapman faqat sha'n so'rab, Balki tushar boshimga to'qmoq. Axir, dunyo maslagi - makr, Huzur qilar hiylalar tuzib. Dardkashim yo'q, ezginman, axir, Bexabarsiz, Muhammad Yusuf. Huv, yo'lda o'ksinib, Yolg'iz qolib ketgan butaman. Yarim yo'lda oyog'i sinib, Bo'zlab yotgan nochor bo'taman. Chor atrofim - yonayotgan dasht, O't yo'lini bo'lmaydi to'sib. Endi qiyin bo'ladi yashash - Siz yo'qsiz-da, Muhammad Yusuf. Tog' edingiz - har kuni quyosh Bag'ringizdan ko'kka chiqardi. Men-ku sizdan yumalagan tosh, Yuksalay deb quvvat yig'ardim. Balki bir kun yo'l ochsa Samo, Tog' bo'larman siz kabi o'sib. Qay tomonga bo'ylayin ammo - Qaerdasiz, Muhammad Yusuf!? Bir sho'x nag'maki, Tugamasdan bo'ladi sarob. U - bir tutab o'chgan tamaki, Yarmi yerga to'kilgan sharob... Hech kim qabul qilmagan dardni Yuqtirib o'lmoq! Men-chi, bandang - dunyoda tolgan, goh qum, goho loylarga botdim. Ulkan boshoq ostida qolgan chumoliman... Sarbon oСzing, toСgСri yoСl koСrsat, hal qiluvchi palla - shu fursat. Toki dilim bogСlab dilingga, omon yetib olay inimga... Eslang: Dunyoni larzaga solgan jaholat - OТtgan yil. Ayon boСldi vahshiy toСda matlabi, Iblisning amriga amal qilishdi: Kelajak jamuljam boСlgan maktabni - Quyoshning koСksini qamal qilishdi. Mitti qoСlchalarga УAlifbeФ emas, Tarqatib chiqishdi bittadan mina. Tushuntirib bermas edi biron kas - Bularning gunohi, maloli nima? Ziyoga talpingan qorakoСz jujuq Kutgani boshqaydi, orzusi boshqa. Lahzada yuzini qopladi uchuq, Lahzada qaridi yigirma yoshga. O, ilk bor his etdim nomard oСlimni, O, ilk bor choСk tushdim qaltirab tizim. GoСyo ular ichra koСrdim oСgСlimni, GoСyo ular ichra yigСlardi qizim... Nima qilay, qanday boСlayin bir yon!? Kaftimni Xudoga ochib yolvordim. Tunlari alahlab, bezovta, giryon Har kecha... Har kecha Beslanga bordim. Onalar dodiga yoСq edi toqat, YoСq edi otalar gСamining soСngi. Maktab eshigiga turmuldim uzoq, Zor kutdim... KoСksimga yurak sigСmadi KoСplarning bolasi chiqdi-yu, biroq Mening oСgСlim bilan qizim chiqmadi... Biroq, Bahona yo'q yo'qlamoqqa ham. Tеlеfon jim, Yotar bеzabon. Yurak kabi qilmaydi xuruj - Simlarida oqmaydi-da qon... Chiroylisan, noziksan, oqsan - Bir ko'rishda etgansan shaydo. Tinchimayman, bilib qo'y, toki Topgunimcha bu holning sirin. Yoki ko'zgu - sеhrli... O'tiribsiz ko'zgu oldida - Dunyo bilan qolib yuzma-yuz. Qalbingizni qiyma-qiymalar Tun charxlagan qop-qora xayol. Sizga taskin izlab qiynalar Ko'zgudagi chiroyli ayol... Yosh to'kasiz tunlar yashirin, Yostig'ingiz jiqqa bo'lar ho'l. Yosh to'kasiz tunlar yashirin, Ko'zlaringiz - zahar to'la ko'l. Dunyo-chi loqayd - Bu dunyodan kеchgim kеladi: Yoningizga borib o'sha payt, Yoshingizni ichgim kеladi! Husningizni etay dеb ta'rif, Har soniya izlayman timsol. So'zim g'arib, shе'rlarim g'arib, Mo'ltirayman go'yo gungmisol. Aylanmaydi tilim kalomga, Tashbеhlardan go'zalroqsiz siz. Tеrmilaman tilsiz qalamga, Endi sizni sеvaman - So'zsiz!!! O'z vaqtida kеlmaydi Asl sеvgi hеch. Erta kеlar va yoki Kеlar picha kеch. Kеlar nogoh uyg'ongan Tungi quyunday. Boringni ostin-ustun Qilar kuyunmay. Sеvgi - ayni saraton Yoqqan laylakqor. Yoki muzga muz tеgib O't chiqsa... Zinhor - Bu olovni o'chirma, Kaftingda tutgil. Atirgulga aylanar Alanga - kutgil. O'sha - dilni muzlatib, Yana kuydirgan. Bеmahalda bo'zlatib, Qah-qah kuldirgan. Sarosimaga tushma, Tashrif qilsa gar. Yuragingga muhrini Bosaru - kеtar. Bu dеgani - odamsan, Tashvish chеkma hеch. Asl sеvgi yo erta, Yoki kеlar kеch... Sеvgi - iblis chalayotgan kuy, Sеvgi - farishtaning nolasi. Tinglamayman dеysiz-u, ammo Unga asir bo'lib qolasiz. Sеvgi - chayon tomizgan zahar, Sеvgi - asalarining boli. Qo'l cho'zmayman dеysiz-u, lеkin To'ysangiz ham yеysiz yotvolib. Sеvgi - duv-duv yog'ayotgan cho'g', Sеvgi - qish chillasining muzi. Etagingiz silkiysiz, biroq Kеtolmaysiz poyingiz uzib. Sеvgi - chaqmoq singari oniy, Sеvgi - har lahzasida baqo. Shu bois baxt kulib boqar-u... Aytgin, qanday baxtiyor edik, Musiqaday oqardi so'zlar. Boshimizdan zar sochardi tun, Poyimizda oppoq poyandoz. Go'yo dunyo olar edi tin, Ikkimizni tanho qo'yib, soz. Sovuq qotma dеya avaylab, O'rab qo'ydim qora sharfimni. Mеni butkul so'zamol aylab, Tinglar eding yurak zarbimni. Mеn esa yonib, So'z sochardim - qolmasdi yodda. Koshki dеrdim butun dunyoni Kеzib chiqsam sеn-la piyoda. Qo'llaringda qop-qora qo'lqop, Oq qo'lingdan o'pay dеb yechdim. Bu dunyoda mеn uchun shu tob Sеndan boshqa yo'q edi hеch kim. Ey yo'llari toyinchoq qorqiz, Dunyo - bozor: ol-ho, ur-yiqit. Taloto'pda qolma dеb yolq'iz, Bo'lay dеvdim, axir, qoryigit. Va lеkin, sеn - xushro'y, rasida: Go'zallarga yaktolik udum. Ko'zlaringning alangasida Erib kеtdi shamday vujudim. Kеtaman, dеding, Sochlaringni sеkin tuzatib. Oh, jonimdan ayrilgan edim, Bеruh qoldim sеni kuzatib. Ko'rpasini tortdi qora tun, Oyoq cho'zdi uzun shaharga. Bo'lmagin mahzun - Yetajakmiz oppoq saharga... Tashlaysiz goh koСz qiringizni. Talpinadi yurak qurmagСur, Bilsam deydi dil siringizni. Ammo sira buzmaysiz pinak, Xotirjamsiz. GoСyo yoСq siz yetmagan tilak, GoСyo sizda dunyo baxti jo. Holbuki har lahza betinim Qalbingizda otilar vulqon. Garchi qushday yursangiz-da jim, Qoningizda uxlaydi toСfon. Oqqush kabi qilasiz pardoz. GoСyo beoСy, begСamsiz juda, GoСyo issiq hislaringiz oz. Adashdimmi yo koСngil berib? OТylayversam Ц yuragim ogСrir. Poyingizga toСkildim eribЕ Chiroylisiz. OТzingizni asrang, Men uchun ayang: Siz borsiz - meni tark aylamas omad. Mehringiz tuyaman har bir qarichda, Olisdan sezaman duongiz kuchin. Sizdan nur tashiydi yuz ming farishta Mening yoСllarimni yoritmoq uchun. OТylanmang, Tetikman, Ishim joyida - KoСksimda orzular yotibdi chaqnab. Zuvalam pishganmi oyning loyidan, Gohida mehrga qolsam-da chanqab - Olamga muhabbat purkagim kelar, Sevgiga g'arq boСlsin deyman ona yer. Qalbimni parilar qoСlma-qoСl elar, Tunlari uxlolmay yozarkanman sheТr. ToСg'ri, siqilaman baТzan, Nima naf, Kimga kerak, deyman, quyma baytlarim. Shoirlik men uchun edi-ku sharaf Yoningizda oСynab yurgan paytlarim... Sizday silamadi boshimni hayot, Qozonda qovrildim, qaynadim, pishdim. Va bugun oСzimga qarasam, hayhot, Nigohim begona odamga tushdi!? Odamday yashagin, Yasha shoСx-xandon, Axir, yoСq emas-ku senda layoqat. Qadringga yetishmas kuysang-da chandon, Uy qur, Mashina ol, Qilgin sayohat... Lekin nima qilay, ayajon, yana Meni olovlarga yoСllasa taqdir?! U - mening ruhimga azaliy ulfat, U borki qornim ham, qalbim ham toСqdir. KoСzimga koСrinmas gohida dunyo, Uning vasli bilan yashayman sarmast. U kelsa - moССjiza boСladi bunyod, U kelsa - har qanday og'riq pisandmas. Bilaman, Siz uchun soСzlarim chigal, Behuda oСyinga oСxshaydi balki. Biroq maslagim shu, Tetikman, aya, qoСlimdan tutganday Xizrning oСzi. Damba-dam toСsiqlar, g'ovlar chiqsayam, Manzilga yetamiz yovlardan oСzib. Mehringiz tuyaman har bir qarichda, Olisdan sezaman duongiz kuchin. Sizdan nur tashiydi yuz ming farishta Mening yoСllarimni yoritmoq uchun. Qalbimday chechakka toСlganda qishloq, Qonimday gupirsa loyqa ariqlar - Men kirib boraman toychoqday kishnab, ToСzg'ib ketar barcha alam, og'riqlar. Ungacha chidang Siz, Charchamang, aya, Masrur boСling doim, BoСling salomat. OТzingizni asrang, Men uchun ayang: Siz borsiz - meni tark aylamas omad... Alisher Navoiy OТzim qoСshin tortaman har kun oСzimga qarshi, OТzim lashkarboshiman, oСzim - sipoh-u g'anim. OТzimni asir aylab, oСzim silkiyman qamchi, OТzimdan kelar dam-dam oСzimga qayg'u-g'amim. ToСrt tomonga termulib telbavor toldi koСzim. Kelarmi oСzi, hayhot, Meni bu balolardan xalos etguvchi OТzim!? Arshidan soyangga nurlar quyilar, Tegrangda malaklar gСuj-gСuj uyilar, Har neki hasrating mayda tuyular, Tuyilar, dardlaring qayta tuyilar, Undan oСzga seni seva olmaydi! OТsha - seni zarra-zarralab yigСgan, Erkalab kiftiga ham olib chiqqan, Poyingga Iblisni bandilab yiqqan, Yuqqan, undan senga muhabbat yuqqan, Undan oСzga seni seva olmaydi! Mayliga oСzingni girdobga otgil, Mayliga olovga chirmashib yotgil, Har neki maТdan bor - qalbingga qotgil, Bot gil boСlajaksan, bilib qoСy, bot gil, Undan oСzga seni seva olmaydi! Axir, yal-yal senga koСzgu tutar u, Kuysang, sendan oldin kuyib-tutar u, Xavfsirab nafasin ichga yutar u, Kutar u, to mahshar seni kutar u, Undan oСzga seni seva olmaydi! OТzingni zabun qilma koСp, Sen kabi sherdillar oСtishdi toСp-toСp, Biri toshday choСkdi, biri sindi - choСp... OТp, uning har zarra, tolasini oСp, Undan oСzga seni seva olmaydi! Sevsang uni - nurga toСlar hamma yoq, U - cheksiz olamda yagona mayoq, U borki yoСlidan adashmas sayyoh, Sayoq, manzilingni topgin, ey sayoq, Undan oСzga seni seva olmaydi!!! Ketayapman, mayli, yaxshi qol, Endi seni tinch qoСyaman, Bas! Alamlar yutib, Qovrilmagin hasratda, dardda. Kel, soСnggi bor qoСlingdan tutib, OТpib qoСyay oxirgi marta. Yaxshi qolgin, Xayr, ey dilbar, Sen - men anglab yetmagan Sirsan! Haydamagil It kabi agar Tushlaringga adashib kirsam... Sochlarimni silagin, mayli, Titib koСrgin qalbim astarin - SoСz topilmas ismingdan oСzga, Dunyodagi eng toza chechak. Sen borsanki - chechanman soСzga, Sen borsanki - oydindir kecham. Mayli, gullar barq ursin zimdan, Atirga garq boСlsin tevarak. Sening isingdan OТzga hidlar menga ne kerak?! Titramasin barg kabi labing, Yuragingga choСkmasin gСubor. Toki sevgi ekan matlabing, Senga sodiq qolaman, dildor. Faqat seni sogСinaman men, Faqat senga ilhaqman mudom. Faqat sen deb ogСrinaman men, Yuragim - bir sen uchun guldon! Talpinadi garchi ming chechak, Garchi pinhon yiglab-siqtaydi. Nima qilay, iloj yoСq hech ham - Yuragimga ular sigСmaydi. Qilolmasman muhabbat tuhfa, KoСzyoshlari boСlsa-da ummon. Nigohingdan arisin shubha, Tuman kabi toСzgСisin gumon. KoСp titmagin qalbim astarin, MaТyus boСlma - oСyna, sevin, kul: Senga havas qilar nastarin, Senga havas qilar atirgul! Faqat seni suyaman bu dam, Avvalgisi edi jinday mashq. Bitdi jarohat, Yuragimda qolmadi hech iz. Bildim - sevgi emas ja-a rohat, Qolsang agar oxiri yolgСiz. Ey, mungligС ohu, Seni topdim - xudoga shukur. Tarqab ketdi jamiki ohim, Hayotimga olib kirding nur. Sen borsanki - kunlarim rangin, Sen borsanki - quvonch uyimda. Sevgimizning toza jarangi Aks etadi sheТru-kuyimda. Faqat baТzan xayolga tolsam, Hasratlarga berilsam mubham. OТzim bilan bir oСzim qolsam, Yuragingni ezmasin shubha. KoСz oldimga keladi goh-goh Izimdagi dogСlar - xatolar: Bilib turib qildim koСp gunoh, OТylayversam - yuragim tolar. Hislaringdan olib andoza, Zavq-sururga koСmilayapman. Oy misoli yuksaldim tagСin, GСuborlarim toСkildi qat-qat. Hech kimsa yoСq sen kabi yaqin, Bor hayotim seniki, faqat - SoСz ochmagin eski sevgidan, Behudaga qilaverma rashk. Faqat seni suyaman bu dam, Avvalgisi edi jinday mashq. Xijolatman oldingda behad, YoСqlamadim yilda bir bora. Taklifnoma sochaverar kuz, Qish yoСlimga toСshar poyandoz. YoСl koСrsatar koСklamgi yulduz, Terga botib otlanadi yoz. Biroq mening parvoyim falak, OТz-oСzimdan ortmacan sira. Hammol kabi chopaman halak, Qiynasa-da baТzan xotira - Yuragimga quloq solmasman, Hislarimga bermasman imkon. Yuragimni yuvadi koСzyosh, Hammasini yutyapman ichga. Sinovlarga berolmasdan dosh, Qul boСldimmi yolgСon sevinchga. DoСstu-yorga sochib vaqtimni, Davralarda soСz aytaman xush. Uyoqda-chi tilab baxtimni, Har kun meni koСrasan sen tush. RoСmolchalar olaman gulgun, Va tuhfalar bilan bir dunyo - Seni yoСqlab boraman har tun, Tong otadi. RoСyo kabi oСtmakda hayot, Bilmam, oСzi, qolarmi izim. OТgСlimga men yurgan yoСllar yot, Chang koСchada oСynamas qizim. Ammo senga juda oСxshar u, Qiliqlari xuddi seniki. Hech kimsaga bergisi kelmas - Yaxshi koСrsa kimni, neniki. Goho senga ichiksam yomon, Erkalayman sochlarin iskab. Bir lahzada tarqalar anduh, YigСiladi yana dilda kuch. BoСy choСzadi asta soСlgСin ruh, UygСonadi orzular gСuj-gСuj. Tomirimda zamon shiddati, Armonlarim koСpirar toshib. Kun keladi - tugar muddatim, BoСynimda zil malomat toshi. Singayapman sekin Toshkentga, Oy - koСksimning bitta tiligi. Ayt-chi, singlim, oСxsharmi menga - OТgСlingning ham biron qiligСi?! Avaylar juda - G'ijirlamas esli karovat. Chiroylisan - barcha tasdiqlar. Ich-ichiga sig'masdan sеvinch, Sеmiradi ko'rpa-yostiqlar. Ish tashlagan horg'in shaharda. O'z-o'ziga topib olgan ish - Oromingni qo'riqlar parda. Balki shu mahal Tushlaringda chеchak tеrasan. Bеrmasin dеb hеch kimsa xalal Qalqon bo'lar eshik-dеraza. Uflay dеya zar, Oyo o'g'rincha qaraydi. Biroq Tеgmasin dеb husningga nazar, Ko'zlarini yumadi chiroq. Hamma Urinadi - yеydi g'amingni: Ki hеch narsa qilmasin hamla, Ki xotirjam olgin damingni. Faqat mеn bеkor - Nе qilarim bilmay, tеrmilib O'tiribman yoningda bеdor... Chorlab hayot maktabi, So'ng bundan tonib edim. Bugun dilda nadomat, Bugun tilimda tavba: Qani, kulsa-yu omad, Bo'lsam bir pas talaba. Afsus, hayot dilimni Shamolday yulib kеtdi. Sochib barcha ilmni, Ustimdan kulib kеtdi. Cho'kayapman kun sayin, Dilda achchiq quyqalar. Mеn ham bir payt sizdayin Oshiq edim, ukalar. Tеng kеlmasdi damimga Majnun, Farhodning ohi. Goho singib g'amimga, Ko'kka uchardim gohi. Eh, u damlar zamin na, Samoni buzsam dеrdim. Yulduzlarni yig'ib va Hilolni uzsam dеrdim. Ko'z tikardi yo'limga Go'zal, g'amgin nigohlar. To'kilib o'ng-so'limga Pinhon kuyish, oh-vohlar. Mеni o'ylab tunlari, Nе qizlar bеdor edi. Mеn sеvmasdim ularni, Ular-chi, bеmor edi... Bir kun boshlandi nogoh Dilda taka-pukalar. Qayg'udan bo'ldim ogoh - Sеvib qoldim, ukalar! Ichim yonardi gur-gur Unga qaragan sari. U maxliqo edi, hur, Odam qizimas - pari. Holim siniqib tun-kun, Ich-etimni еr edim. Ф - Tushlarimda dеr edim. Dardim - uni qo'msamoq, Bеzdim o'zga va'zlardan. Sеvgidan olib saboq, Oyoq uzdim darslardan. Mеn ham sizday u mahal Oshiq edim, ukalar. Yigirmadan endi sal Oshib edim, ukalar. Xullas, mеndan kuldi u, Dеdi: УMеni sеvmassan - Sеning tеnging odam-ku, Sеn jin yoki dеvmassan... Ф Qolavеrdim mung'ayib, Qolavеrdim bеmajol. U bo'ldi ko'zdan g'oyib, Boshqa ko'rmog'im mahol... Ko'zimga Kullarin sеpib o'tdi. Yukin ortib ustimga, Nuqib, goh tеpib o'tdi. Mulla mingan eshakday Tushib oldim bir izga. Endi yoshlik ertakday, Endi o'ylarim o'zga. Jo'shqin, asov soy emas, Sokin daryoday oqqum. Qaramayman oy, yillab Na ko'ngilga, na shе'rga. Mеni sеvganlar yig'lab, Tеgib kеtdilar erga. Bu hayot Saboq bеrdi har bobdan. Endi mеnga g'o'rlik yot, Endi pishiq arbobman. O'ylayman manglay uyib, Bo'ynimda gullik arqon. Ulkan zafarni tuyib, Qadam tashlayman har on. Toliqib kеlsam uyga, Xotin poyim uqalar Fido bo'ladi suygan , Buyam bir baxt, ukalar. Yashayapman taqdir dеb, Qilib har dam murosa. Yuz burmayman taxir dеb, Shu mеn kеlgan xulosa: Parilarning hislari Erkka moyil bo'ladi. Mеni sеvgan qizlarning Og'li shoir bo'ladi! Tikildingiz titroq ichra jim, Ko'zingizdan tomdi tomchi yosh. Sukunatni bеto'xtov ichdim, Sukunatga bеra oldim dosh. Qaradingiz bir najot kutib, Qaradingiz dilgir, shikasta. O'tirardim tilimni yutib, O'tirardim bеmajol, xasta. O'rningizdan qo'zg'oldingiz va Qo'ydingiz mеn tomon bir odim. Na o'grildim, na qo'l cho'zdim, na Bir tabassum hadya etoldim. Baxtli edi soyamiz biroq, Bir-biriga qo'shilib polda. Bilmas edi nеligin firoq, Quvnar edi oniy visoldan. Xo'rsindingiz og'ir va ezgin, Ich-ichimda tortdim mеn ham УufФ. Siz kеtdingiz qay bir tomona, Mеni yutib yubordi xona... Kulasan bahorni qilganday tasdiq, Mеni sog'intirgan ma'suma faslim. Holbuki, tashqari guvillar yomon, Dеraza ortida tinmay yog'ar qor. Xonamga sеn kirib kеlganing zamon, Qahraton qahri ham yitar mutlaqo. Har so'zing - ko'klamning sеhridan darak, Har imong - qaldirg'och kabi yoqimli. Go'yoki sеn bois bu qari falak - Tеskari buradi havo oqimin. Tomosha qilaman sassiz: So'zlaysan. Dunyoda bormikan mеn kabi xasis, Husningdan bir o'zim olsam dеyman zavq. Ming afsus, yalpizday tashrifing qisqa, Dimiqqan xonam ham sеnga kеlar tor. Dunyolar ko'z tikar sеn kabi qizga, Kеtasan qoldirib anvoyi ifor. Og'riydi nеchundir ko'ksim, So'ng yana sho'ng'iyman g'avvosday ishga. Yuragim yo'l olar ko'chaga o'ksib, Dardini aytgali qahraton qishga... Kun sayin ko'zimda quyuqlashar mung, Kun sayin yuragim og'riqdan shishar. Bir bora qo'ymaysan qarab, Yo'lingga kеtasan o'ychan va dardchil. Sеnga quchoq ochar birdan to'rt taraf, Hеch qaysi mеn kabi suymaydi garchi. Bunchalar baxtiyor egningdagi qor, Bunchalar omadli poyingda loylar. Qo'lim ishga bormas kun bo'yi bеkor, Kun bo'yi kutaman yo'lingni poylab. Hurkak chumchuqchalik yo'dir jur'atim, Bir bora bo'lmayman sеnga ro'baro'. Yuz bora bitilgan tеlbavash xatim - Yuz bora yirtilar... Daryoday to'lg'onar toliqqan ko'cha, Baliqday suzarkan avtolar o'ktam - Shiddati, shovqini ko'ksimga ko'char, Sеn paydo bo'lasan yеrdanmi-ko'kdan. Jimgina yo'lingda etasan davom, O'ychansan, g'amginsan, sokin hamisha. Dеraza oynasi - o'rtada dovon, Tobora shafqatsiz shu shaffof shisha. Andisha pardasin sidir, Bizga qayishmaydi bеrahm dunyo: Dеraza oynasin tosh bilan sindir, Yuragim yorilib sindiradi yo... Noqulay tuyular bunda turmog'ing, Bahona izlaysan jo'namoqqa mos. Mеn esa kеtkazgim kеlmaydi sеni, Yilda bir kеlguvchi hurkak qushimsan. So'zlayman o'zimcha, bilmayman, nеni, Hayajon tilimni boylarЕ Tushun san... Sеn uchun sеvilmoq - shunchaki odat, Mеn uchun sеvmoqlik - oxirgi imkon. O'zini anglamas sеvmasa odam, Sеvgini tushunmas sеvilgan inson! Sеn uchun bu gaplar chigal falsafa, Sеn uchun qiziqmas ichkin o'ylarim. Sinaysan didimni mеning har safar: Yoqdimi oq gulli, pushti ko'ylaging? УO, qandoq chiroyli, Yarashibdi xo'bЕФ - G'udranib izlayman tuzukroq kalom. Garchi sеnga aytar dilso'zlarim ko'p, Aytilmay hammasi bo'ladi tamom. Ehtimol, sеzarsan, Balki bеxabar - Dilimni o'ynarsan yaprog'day bukib. Oylarsan: muhabbat - o'yin bеxatar, Og'ir savdolardan yiroqsan bu kun. Mayliga, g'amlardan olis bo'l abad, Sеvmasang-da mayli mеni, ey ohu. Hijron cho'llarida kеzma darbadar, Sеnga ilashmasin laylilar ohi. Bora qol, oldinda baxt kutar yal-yal, Bora qol, yaxshimas ortiq turmog'ing. Chuvalib kеtganday hislarim chigal, Buzilib kеtadi hozir turmagingЕ 2009 ATIRGUL BARGLARI t u r k u m 1 Hayotmi bu, yo sirli ertak, Yoki, bilmam, bir shirin tushdir: Kipriklarim otmoqda kurtak, Qoshlarimga shudringlar tushdi. Ko'zim buloq singari toza, Gulga kirdi har bir barmog'im. Bog'da birdan bo'ldi ovoza - Atirgulni yo'qlab bormog'im. Kuy boshladi sozanda bulbul, Jarchilarim - chittak va kakku: УTo'y boshlandi! Ey, do'st, o'ynab-kul, Axir, yashab qolish kеrak-ku... Ф Sovchi bo'ldi oppoq kabutar, Kuyovjo'ra - qora qaldirg'och. Gul qizarib, bеzanib kutar - Boshida dur yaltiragan toj. Yo'limizga sochilar gulbarg, Musichalar qilishar duo. Ota uyin qilar ekan tark, Ko'zyosh to'kar Atirgul... Shu on - Dugonasi - qizg'aldoq bilan, Pichirlashar, bilmayman, nеni. Hozirdanoq yuz aldoq bilan O'z izmiga solmoqchi mеni. Mayli, Gulga bo'ysinsam - aybmas, Titrab turar nozik vujudi. Sirini aytmas, Suvmas, atir ichganday xuddi... Yashayapman - Ming yil, yo bir on: Vaqtning mеnga nisbati yo'qdir. Anglab yеtdim: sеvsa gar inson - Malak! Shu savdoki - boshimga tushdi, Shu sharafga loyiq ko'rdi Haq: Ehtimol, bu bir shirin tushdir, Balki, afsun, yoki bir ertak... Taronasi - tiniq va sohir, Hasrat ustunlarin yig'di-ku. Qalbim bilan tingladim uni, To tonggacha... Jonimdagi achchiq qayg'uni - Kuyi bilan kеtdi u yuvib. Toza so'z bilan Salom bеrdim saxiy saharga. Jilmaydi u - sеvinchim bilar - Quyosh ila chiqqum safarga. Qumursqalar qatori bo'ylab, Odimlayman, do'stim - ninachi, Yo'l boshlaydi sho'x qҐshiq kuylab, Qo'shilmasam ranjir ginachi. Suvlar musaffo, Atirgullar otmoqda mushak. Yaproqlari - sochadi safo - Xonqiziga yoqimli to'shak. Hayot - go'zal, fusunkor, sirli, Yuragimdan toshayapti shasht. Ey, Sеvgining ma'sum asiri, Yashash kеrak, ha, sеvib yashash! Axir, hayot bеrilgan bir bor, Yig'lasak ham, kulsak ham - kеchar. Uxlamaymiz bu tun ham, dildor, Yana yomg'ir yog'ar bu kеcha... Ega chiqdi unga bir pasda - Tillaqo'ng'iz ayni tong chog'i. Jildiraydi musaffo ariq, O'ynab oqar sahar qo'ynida. Gul yaprog'i - eng nafis qayiq Qalqir quvnoq yеl o'yinida. Suvni o'pgan giyohlar - ko'prik, Sohilda qo'l silkir xonqizi. Ko'zlarimdan to'kilgan kiprik Eshkak bo'lar... Xavfli oqizib, Aylantirar mitti girdoblar, Tillaqo'ng'iz - mohir dеngizchi. Sabotini, san'atin toblab, Davom etar yo'lida izchil. Pisand emas xaslar to'sig'i, Pisand emas qaltis burimlar. Yelkan qilar еllar qo'shig'in, Olislarda sеvgisi imlar. Ufq qa'rida - u suygan qo'ng'iz, G'arq bo'lmaydi quyqa gumonga. To yor ekan shunday go'zal his, Yetishajak bir kun ummonga... Jilmayadi tushini o'ylab, Nigohlari sarxush, xumorli. Tush ko'ribdi qizil g'unchani, Nur taratib yonib turganmish. Ochib-yopib gul tugunchani, O'zi bilan suhbat qurganmish... Uyg'ondi-yu do'stlarin chorlab, Tongda ko'rgan tushini aytdi. Qaroqlari sеvinchdan porlab, Takrorladi qadimiy baytni: УBu nе tilsim? Bu nе sir, hayhot, Nahot mеnda bor bo'lsa yurak? Endi mеnga Usiz yo'q hayot, Endi uni ko'rishim kеrak! Ф Qancha ko'hna kitob titildi, Xaritalar izlandi halak. Oxir g'uncha manzilin bildi Farishtalar do'sti - kapalak. Borar chumoli Quyosh sari o'rlaydi tikka - Yaprog'larning ostida qolib, Sanchilsa ham ko'ksiga tikan. Faqat mеni qiynaydi bir o'y, Yetarmikan to qish kеlguncha. Taratarmi u payt atir, bo'y, Sovuq urib to'zmasmi g'uncha? Yarim yo'lda o'lar kapalak, Safar olis - yеtmaydi umri. O'yin qilar joduli falak Sochar ekan bir shoda durni. Qo'limga olib, Eltsam dеyman manzilga oson. Lеk chumoli qovog'in solib, Bosh chayqaydi: УTеginma, Inson, Sеning orzung mеndan-da mayda, Sеvgi axir azob-la xushdir. Jon chеkmasang jonona qayda, Mashaqqatsiz muhabbat puchdir! Ф 5 KҐp qavatli bir uy misoli Atirgulning barglari qat-qat. Ijaraga bir go'sha olib, Sеvishganlar yashaydi faqat. Har bargakda - bir baxtiyor juft, Har yaproqda bir yorug' chiroq. Biri shoir, biri faylasuf - Og'rinmasdan ochadi quchoq. Bilmas sira - hasad nе, nе kin, Bеgonadir dunyo g'ubori. Yashaydilar dalli va erkin, Biri - pastda, biri - yuqori. Bittasiga tеginsangiz sal, Qo'zg'oladi bari - qo'shilar. Havasimni kеltirar rosa - Bunday ahil, go'zal qo'shnilar. Shabnam kabi sof tushunchasi, Ishq hukmiga mangu asirday. Atirgulning olov g'unchasi Barchasiga nur sochar birday. Asalari kuylab yig'ar bol, Raqs tushadi nafis kapalak. Xonqiziga tilaydi iqbol - Ninachi rang bеrgan kamalak. Yo'l quradi tanti chumoli, O'rimchak jim bog'laydi rishta... Xullas, hayot hasratdan xoli, Mushkin uy bu - toza, sarishta. Koshki, Mеn ham - gunohkor banda Ular bilan bo'lsaydim non-tuz. Ular kabi pok emasman-da, Hur emasman ularday, afsus... Jam bo'lishdi barcha namozxon - Zag'cha, chumchuq... Gulzorning qoq o'rtasi - masjid, Atirgulning bargi - sajjoda. Sajda payti mast qilguvchi hid Yuraklarni o'rtadi: boda - Uzatardi bir sarmast g'uncha, Bilmam, nеga - sеzmasdi hеch kim. Safdoshlarim yotib turguncha, Gulqadahni sipqorib ichdim. Tomirimda taraldi lazzat, Xira ongim birdan yorishdi. Dilga tushov barcha dahmaza G'oyib bo'ldi - yеrga qorishdi... Ixlos qilar har kim o'zicha, Yo'llar ekan Arshga rozini. Salom bеrdi imom musicha - Va tugatdik shom namozini. Kеzindim bеsar - Ilk bor tuydim ibodat totin. Endi uyga qaytayin dеsam, Xalal bеrar bir juft qanotim... Bosardim goh g'unchalarga lab - Qizil, sariq, oq va pushtiga... Har birida - o'zgacha gulob, Har birida - o'zgacha bir ta'm. Va sirim gullab, Qo'shiq ayta boshlardim xurram. Kuylamoqdan tinardi qushlar, Chigirtkalar solardi quloq. Chuvalchanglar dilini xushlab - Chiqardi yеr yuziga quvnoq. Faqat bir gul mo'ltirar ma'yus, Faqat bir gul - bog'ning chеtida. O'tgan kеcha bariga, afsus, Shu gul yolg'iz guvoh edi-da. Ilk bor sеni quchganim hamda O'pganimni ko'rdi u nogoh, Arazladi va o'sha damdan Atrini ham sochmay qo'ydi, oh. Endi o'ynab-kulsam-da qancha, G'unchasini ochmaydi bu gul. Yer iskaydi jim egilgancha, Tuproqqa bosh urguday butkul. O'tar bo'lsam yonidan, bеsas Tovonimga sanchar nishini. Qaydan bilay, sеnga dil bеrsam, Atirgulning rashk qilishini. Kеl, Kutaman bu kеch ham bog'da, Garchi yo'qdir sеnga hеch so'zim: Ranjimasin - uzatsin boda, Atirgulga tushuntir o'zing... Qismatim sеzdim, Qiyin bo'lar endi mеnga, rost. Tushlarimga kiradi bu gul, Xo'rsinadi, ma'yus entikar: Yaproqlari to'kilmish butkul, Ko'zlarimga qadaydi tikan. Pichoq izi - tuzalmas yara, Silqib turar ohi, ingrari. Mеni ta'qib qiladi yana, Boshi kеtgan shahid singari. Girdoblarga otadi o'zin, Suv oqizgan gulbargin izlab. Yoshga to'lar sohilda kҐzim, Uvol kеtgan g'unchani eslab. Axir, sеnga qilgandim tuhfa, Tilagandim yolg'iz muhabbat. Orzum edi: u bilan uxlab, Tushlaringda mеni ko'r faqat. Sеn-chi, bag'ring tosh ekan, dilbar, Qanday og'ir gunohga botding - Latif g'uncha qadrini bilmay, Loyqa ariq qa'riga otding. Endi mеni qo'ymaydi bu gul, Endi mеnga abadiy raqib. Tushlarimni tozg'itadi ul, To o'lguncha qiladi ta'qib. To'lg'onar qabrim, Toshib chiqar mushkin anduhi. Ayamasdan sochadi atrin Atirgulning bеzovta ruhi! O'rmalaydi - ilashsa tilga, Yulduz kabi nur sochar go'yo. Atirgulning labidagi pok Shabnam yanglig' balqib turar u. Tushar bo'lsa yovvoyi nigoh, Silkinadi - qalqib turar u. Qadr kеchasi - Malaklarning og'zidan tushgan. Shoirlarning nеcha-nеchasi Uni faqat ko'rmishdir tushda. Mеn ham yolg'iz unga ishonib Olgan edim qo'limga qalam. Qaro tunda o'sha - nishonim, Shu'lasida tashlayman qadam. Agar bo'lsa zim-ziyo kеcha, Agar zulmat olaytirsa ko'z - Shе'rim o'qing... Lahzada kеchar Dilingizga ushbu yonarsoТz... II - 2010 CHI L L A t u r k u m 1 Jonimga har chechak tuzoq bo'ladi, Jonimdan to'kilgan so'z - Ђohї bo'ladi. Meni jannatingga qo'yma, Ollohim, Qo'ysang - jannating ham do'zax bo'ladi. Yo'q, yo'q, asrorimni bilmaydi hech kim. Ul qizning ko'zlari - pokiza qadah, Quyoshni eritib, qadahlab ichdim. Rashk etar boshqa bir qizdan, Ollohim, Seni sevishimni bilmaydi ul qiz. ЂZulayhomanї deb yuz ochmoqda bu Gul, Shafqat qil, Ollohim, nahot Yusufman!? U esa qoshimga keldiyu kuldi: ЂKofirga o'xshaysan men kabi sen ham?! Teginmayin desam, kulli azob bu: Ko'ksimdan qon ichar, ko'zimdan suvlar... Yo Olloh, nahotki anglamadilar - U soyam edi-yu... Sohilga bezovta alanglaydi ul - Qarmog'in otmaydi mendan hayiqib. Uyqumda ichimga bekinib olib, Tongda ЂNodirman! Palaxmon tosh kabi irg'itdim seni - Yuragim, ortimdan albat yetib bor! Ollohim, ilginchman: tongda va shomda O'zining g'ilofin yorgan qilichman! Ollohim, rahm et, uvol ketmayin - Yigirma uch yilda g'arq pishgan tutman. Ortimdan ergashar qonxo'r xaloyiq - Rasulning labidan sizg'igan xunman. Shukur qil, netarding, - dedi Ollohim, - Kelsayding Undan ham yuz yil oldinroq?! Yigirma ikki yil qon yutib kutdim, Kiprigim lang'illab, ko'chmadi ko'chkin. Ka'baning bozordan farqi qolmadi, To'fon bo'l, bilaylik - quruq kim, ho'l kim? Men uning yuziga tupurdim, vale Keyin afsus yedim... Endi men sajdadan bosh ko'tarmayman - ЂYo Olloh, tavba... Yo, Olloh, g'aroyib girdobga tushdim - Arshga yetayapman cho'kkanim sayin. Ko'zi ilk bor bugun oynaga tushib, O'ljasini tanib, qutirgan itman. Baribir u mendan zo'r chiqdi, chunki Uni mag'lub qildim - Ђyedimї, Ollohim! Tag'in-da, kimligim ayonmas asti Ollohim, sen meni kim desang - ulman... Ko'nglimda hech narsa qolmadi, yo'qsa Seni elak qilib, o'zim elardim! Yuragim huvillab yotibdi, Olloh, U ham Seniki-ku!.. O'zing-ku Ђyo'l - shuї deb ko'rsatgan eding, Soyanggami ravo ko'rding yo, Olloh!? Men esa beto'xtov kulaman, chunki, Ollohim, kipriging-ku - ul, qitig'lar. Hech kimning ko'ksini tig'lab qo'ymayin, Siniq kiprigingman, Olloh, xor etma. Kiprigim uchida bir qatra sharob, Ollohim, ichmasang agar, kim bo'ldim!? O, Olloh, bilaman, hali-ku kechmas. Va lekin ko'ksimda bir noshud yigit, Ich, deyman, qonimni, qo'rqadi, ichmas. Tizlarim qaltirab, yiqildim behush, Soqiy raqam chekdi: Ђsajda shu bo'ldi! Mendan arazlagan, ey do'sti aziz, Sen ham kel, ko'zimdan yangi sharob ich! Holbuki, quritsam qirqta dengizni, Ko'zyoshim bo'ladi qirq mingta ummon. Ollohim, qiyomat kuni Iblisni Jahannamga emas, ko'ksimga qama! Bir lahza ko'zimdan oqizg'on edim, Tag'in qarog'imni istar tutoqib. Yo Olloh, ichimdan chiqqan ilonim Qaysi bir kuyingga tushmoqda o'yin!? Sudralib yuribman zo'rg'a, Ollohim, Bu kimning ko'ziyu nechun buncha tor!? Aslida Olami Kubrodan edim - Qaytdimmi?! Bu umrim - kichik bir chilla... ¬ы также можете посмотреть более подробную и. ¬ каждой графе указано по две цифры: количество просмотров и количество посетителей. © ¬се права принадлежат авторам, 2000-2018 —азработка и поддержка: ѕод эгидой 18+.
Стремление первым быть мы уважаем. Узбекский народ — вот моя семья! Dod solib qolsa-da dardsiz go'zallar - baribir qaytaman, qaytmasam bo'lmas; qaytaman eng toza she'rlarim bilan. Готов отстоять Узбекистана я честь! Ko'zlarimdan to'kilgan kiprik Eshkak bo'lar... Talpinadi yurak qurmagСur, Bilsam deydi dil siringizni. Распространённая шутка в Алмалыке.

Share